O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligining 2024-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostidagi Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risda”gi 3-F-son farmoyishi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 15-apreldagi 38-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tuman Axborot-kutubxona markazi, Maktab va maktabgacha taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda «Eng faol kitobxon o’quvchi» ko’rik tanlovi o’tkazildi. Tanlovda g’olib o’quvchilar homiylar tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
