Hindistonning oddiy bir qishlog‘ida o‘qituvchi Aritarun Jadhav o‘z hayotini savodsizlikka qarshi kurashishga bag‘ishlagan. Uning eng katta orzusi – bolalar kitob o‘qib ulg‘aysin, bilimli bo‘lsin edi.Lekin qishloqda na kutubxona bor, na kitob yetarli. Shunda Jadhav noodatiy yo‘l topdi: o‘z velosipedini kutubxonaga aylantirdi. Har kuni yuzlab kitoblarni velosipediga ortib, ularni uyma-uy, maktabdan-maktabga olib boradi. Bugun minglab bolalar Aritarunning mehnati evaziga o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lib, yangi dunyolarni kashf etmoqda. Uning hikoyasi bizga bir narsani eslatadi: “Agar imkoniyat yo‘q bo‘lsa – uni o‘zing yarat!”