Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda “Yangi nigoh” videoroliklar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi, shuningdek, yil davomida faol ishtirok etgan “Yoshlar qanoti” faollari ragʻbatlantirildi.Tadbir davomida partiya safiga yangi qabul qilingan a’zolarga a’zolik guvohnomasi, ko‘krak nishoni hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.Quvonarlisi, men ham ushbu partiya a’zosi bo‘ldim.Shuningdek, shu oy davomida partiya tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etganim uchun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandim.