O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9son qarori hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 19-yanvardagi 2-son hamda Sirdaryo viloyati Axborot-kutubxona markazining 2026-yil 22-yanvardagi 2-sonli buyruqlar ijrosi, 2026-2030-yillarda aholining Kitobxonlik darajasini ( Bir odam o‘qiydigan kitob soni)ni yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish maqsad etib belgilanganligi yuzasidan Oqoltin tuman axborot – kutubxona markazi xodimlari kitobxonlar ishtirokida X.Toʻxtaboyev qalamiga mansub “Jannati odamlar” kitobiga taqdimot o‘tkazdilar.Taqdimot soʻngida kitobxonlar asarning mazmun mohiyati haqida fikrlarini bayon etdilar. Taqdimot ishtirokchilar soni 8 nafarni tashkil etdi.
