O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 06/1-525-son topshirig‘i hamda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 2-fevraldagi 11-son buyrugʻi ijrosi yuzasidan “Kitobxon onalar” loyihalarini amalga oshirish orqali kitobxon oilalar sonini 10 mingtaga ko‘paytirishga erishish maqsadida, Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimi «Yangi davr » MFY Terakzor koʻchasi 14/11 da istiqomat qiluvchi Doʻstovlar xonadoniga tashrif buyurib kitobxon ishtirokida kitoblar targ‘ibotini o‘tkazdi.Kitobga oshno qalbda tafakkur teranligi, nutq ravonligi va kelajakka ishonch mustahkam bo‘ladi. Shu bois kitobxonlikni targ‘ib etish — ma’rifatli jamiyat barpo etishning muhim poydevoridir.
