📚Kitob — tafakkurni yuksaltiruvchi, qalbni boyituvchi va insonni ezgu maqsadlar sari yetaklovchi beqiyos manba.Yoshlar ongida kitob o’qishning hayotdagi muhim o’rnini shakllantirish maqsadida kutubxonada mutolaani targ’ib qilish ishlari izchil va samarali yo’lga qo’yilgan.Kitobni o’zining eng yaqin do’stiga aylantirgan yoshlar esa yangi asarlarni intiqlik bilan kutadi. Quvonarlisi, kutubxonamiz fondi yana bir turkum yangi va qiziqarli adabiyotlar bilan boyidi.“Tanishing, yangi adabiyotlar!” mavzusidagi ko’rgazmadan o’zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, mashhur bestsellerlar, qiziqarli va zamonaviy asarlar o’rin oldi.Yangi adabiyotlar kitobxonlarga mazmun-mohiyati bilan tanishtirilib, ularning yoshi, qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqib tavsiyalar berilmoqda.Zero, yangi kitob — yangi fikr, yangi izlanish va yangi imkoniyatlar demakdir!