O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha  50- sonli yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2024- yil 12 yanvardagi  5-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 6(21) bandi: “Madaniyat markazlari va kutubxonalar faoliyati samaradorligini oshirish orqali aholi,  xususan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi  xodimi. S. Ruzikulova «Shodlik» MFYda joylashgan 17-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, kitobxon klub a’zolari ishtirokida «Kitob tafakkur xazinasi» mavzusida davra suhbati o’tkazdi. Suhbat davomida jajji kitobxonlar o’zlari o’qigan ertak kitoblar va u kitoblardan olgan ta’surotlari haqida fikr almashdilar.