O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-dekabrdagi 87-sonli buyrug‘i bilan aholi, ayniqsa, davlat xizmatchilari xodimlarini ishdan ajralmagan holda so‘nggi yillarda nashr qilingan o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan bahramand bo‘lishlarini ta’minlash, mahalliy va xorijiy axborot resurslari, shu jumladan, ilmiy ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanishda zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, nostatsionar shakldagi axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish maqsadida Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Oqoltin tuman «A Navoiy» MFYda joylashgan 3-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, maktab o’qituvchilarini Axborot-kutubxona markaziga a’zo qilib, o’zlari yoqtirgan adabiyotlarni mutolaa uchun topshirdilar.
