📖Kutubxona va uning kitobxonlari uchun bebaho hadya bu – kitobdir!
Oqoltin tuman hokimi tashabbusi bilan Oqoltin tuman axborot-kutubxona markaziga kitoblar sovg‘a qilindi. Mazkur tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni ma’naviy barkamollikka yo‘naltirish hamda mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.Bunday bebaho hadyalar uchun Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi jamoalari hamda ko’p sonli kitobxonlar nomidan Oqoltin tuman hokimiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
