O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 10-dekabrdagi 87-sonli buyrug‘i asosida aholini mahalliy va xorijiy axborot resurslari, shu jumladan, ilmiy ta’limiy ma’lumotlar bazalaridan nostasionar foydalanishda zamonaviy va qulay shaklda bahramand bo‘lishlarini ta’minlash,maqsadida Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari «Saxovat» MFY Madadkor koʻchasi 7 uyda istiqomat qiluvchi Urdishboyevlar xonadoniga tashrif buyurib O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadni «Ufq boʻsagʻasida» nomli kitobini mutolaa uchun tavsiya etishdi. Yoshlarimizga hayot maktabida saboq beradigan ushbu asar uyingiz va ko’ngligizni nurga to’ldirishiga ishonamiz.
