O’zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida» gi qonunining 10 –  moddasiga asosan Oqoltin tuman Axborot -kutubxona markazining 2025 -yil ish rejasining V -bo’lim 33 – bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tuman Axborot – kutubxona markazida Tuman Adliya bo’lim boshlig’i A. Ziyayev kutubxona mutaxassislari ishtirokida «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlari» mavzusida davra suhbati o’tkazdi.