O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-
qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng qamrovda targ‘ib qilish maqsadida Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Oqoltin tumanidagi «Oltin meros» folklor ansambli a‘zosi, «E‘zozli ayollar» sport to‘garagi rahbari “Do‘stlik” ordeni  sohibasi Mirzayeva Xabiba Babayevna  bilan davra suhbati o’tkazildi. Suhbat mobaynida qahramonimiz erishgan yutuqlari xaqida so’zlab berdi. Suhbat yakunida milliy cholg’ularimizdan «Chanqovuz» asbobini chalib berdi.