O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga  Murojaatnomasida  2026 yilda amalga oshiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor  yo‘nalishlar dasturi, »Korrupsiya-jamiyat kushandasi» hamda 2026 yil – «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili»deb nomlanishi haqida Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Ziyoyev Oqoltin tuman Axborot -kutubxona markazida  huquqiy savodxonlik to‘g‘risida xodimlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.Mahalla va yaxshi qo‘shnichilik o‘zaro uyg‘un qadriyatlardir. Ular jamiyatda ijtimoiy kapitalni yanada boyitishga beqiyos hissa qo‘shadi. Mamlakatimizda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda ishtirok etganlarning 90 foizi o‘zini mahalla jamoasining bir qismi deb hisoblashi ham shundan dalolat beradi.