O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 30 oktabr kunidagi “Biz bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-vatanmiz” g‘oyasi asosida “Ma’naviyat marafoni” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi majlis bayoni hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil 6-noyabrdagi 59-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
2023-yil 10 noyabr kuni soat 15:00 da “Barkamol avlod” bolalar maktabi faollar zalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi bilan hamkorlikda Oqoltin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ma’naviyat marafoni”o‘tkaziladi.
Marafon davomida:

  1. “Odob-adabiyotning asosidir”,
  2. “Men sevgan kitob”,
  3. “Mushoira”
  4. “G‘azalxon yoshligim” mavzularida badiiy kechalar va ijodiy suhbatlar, bahru-bayt, aytishuvlarda ishtirok etishingiz mumkin. Marafonda ishtirok eting marhamat.