SEN BARIBIR MUQADDASSAN MUQADDAS AYOL!
  Oqoltin tumani  Axborot-kutubxona markazida 8-mart–Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag’ishlab kutubxona xodimlari tomonidan «Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol» deb nomlangan keng qamrovli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad:
Jamiyatimiz ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish;O‘zbek adabiyoti va jahon merosida ayol siymosi tarannum etilgan asarlarni targ‘ib qilish; Kitobxonlarda ayolga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘usini yanada yuksaltirish.Ko‘rgazma peshtaxtalaridan o‘zbek she’riyatining zulfiyaxonimlari, bugungi kunning taniqli adibalari hamda tariximizda o‘chmas iz qoldirgan mo‘tabar ayollar haqidagi nodir nashrlar joy olgan.Barcha onaxonlarimizni, aziz opa-singillarimizni kirib kelayotgan bahor bayrami bilan muborakbod etamiz!