2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot -kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda «Kitobsevar millat» umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarish maqsadida Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Oqoltin tuman «Navbahor» nomli 1-sonli MTM ga tashrif buyurib yosh kitobxonlar ishtirokida kitoblar targʻiboti oʻtkazdilar.Bolaning murg’ak qalbiga ezgulik urug’ini qadagan ota – ona, Vatanga mehr hissini uyg’otadigan ezgu ishlarga yo’l ko’rsatuvchi bu – kitobdir.