O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi «O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmat ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi PQ-4354-sonli qarori ijrosini
ta ‘minlash maqsadida Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari «Yangi davr» MFY da joylashgan Oqoltin tuman Kambagʻalikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tashkilotidagi ko’chma kutubxonaga kitobxonlar so’rovnomasi asosida yangi adabiyotlar yetkazib berildi.
📚Bu kitoblar insonning dunyoqarashini kengaytiradi, fikrlashini o’stiradi va yangi g’oyalarga ilhom beradi. Ular har bir kitobxon uchun bilimga yetaklovchi yo’ldoshdir.
