💐8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.Oqoltin tumanning 6-sonli Madaniyat markazida“Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida Oqoltin  tuman hokimi Xusnitdin Suvonov , tumandagi korxona va tashkilotlarda faoliyat koʻrsatayotgan faol ayollar hamda faol xotin-qizlar qatnashdi.Ayol siymosi, oila muqaddasligi va jamiyat rivojida xotin-qizlarning tutgan o’rni, onalarimiz va opa-singillarimizni e’zozlash — milliy o‘zligimiz ramzi ekanligi ta’kidlandi.Tadbirda Axborot – kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.Mazkur ko’rgazmadan maqsad  yosh avlod qalbida adabiyotga muhabbatni kuchaytirish, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilishdir.