Sirdaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan 17.10.2025 yildagi 19-1-189 sonli yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari Tumandagi bir nechta tashkilotlar oʻrtasida «Eng yaxshi kitobxon tashkilot » koʻrik tanlovini oʻtkazdilar.Tanlovda ishtirokchilar uchta shart bilan oʻzaro bellashdilar. Faxrli uchinchi oʻrinni Oqoltin tuman 7-son Bolalar Musiqa va sanʼat maktabi xodimi I.Ashurova, ikkinchi oʻrinni Tuman 6-son Madaniyat markazi xodimi Sh.Shomurodova va birinchi oʻrinni Oqoltin tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻqituvchisi A. Abduraximovalar egalladilar va gʻoliblar tadbir soʻngida esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
