Katta Farg‘ona kanalining qurilish ishlari 1939 yil 3 iyundagi 896-son qaroriga asosan,o‘sha yilning 1 avgustida qurilish ishlari boshlangan.Qurish jaroyonida 160 mingga yaqin hasharchilar ishtirok etishgan. O‘sha paytda hech qanday innavatsion texnika yoki transport mavjud bo‘lmagan.Hasharchilar o’zlarining kundalik ish qurollari bilan qurilish ishlarini amalga oshirishgan.Asosiy qurol sifatida ketmon, belkurak va zambillardan foydalanishgan. Bundan tashqari, tarixiy ma‘lumotlarda 12 ming g‘ildirakli aravalar, 7 mingga yaqin g‘ildirakli aravalardan ham foydalanilganligi qayd etiladi.
