📚 Oqoltin tumani Yangi Davr mahallasida Respublika Ma’naviyat va maʼrifat markazi Oqoltin tuman boʻlinmasi tuman Axborot – kutubxona markazi bilan faol kitobxon o‘quvchi – yoshlar ishtirokida “Mushoira” kechasi tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar o‘zlarining sevimli shoirlar ijodidan yod olgan she’rlarini ifodali o‘qib eshittirdi. O‘zbekiston xalq shoirlarining vatan, muhabbat, ona yurt, ezgulik haqidagi she’rlari jarang sochdi.Shuningdek, ba’zi ishtirokchilar o‘z ijod namunalarini ham taqdim etdi. Tadbir qiziqarli savol -javoblar hamda she’rxonlik bilan uyg‘unlashib, ishtirokchilar qalbida yuksak taassurot qoldirdi. Mushoira kechasi yoshlar qalbida kitobga, she’riyatga bo‘lgan mehrni kuchaytirishga xizmat qildi.
