Sirdaryo viloyati xokimligining 2025-yil 25-iyundagi 249-9-0-Q/25-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida »Oila kuni»ni tashkil etish chora-tadbirlar rejasi asosida Oqoltin tuman Axborot-kutubxona markazida fondlarni saqlash jamlash va ishlov berish xizmati xodimi M.Mamatova tomonidan «Adiblar izidan» mavzusida kitobxonlar ishtirokida mahalliy yozuvchi va shoirlar ijodiga bag’ishlab kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada faol kitobxon onalar ishtirok etdilar. Kitobxon onalar mahalliy yozuvchi va shoirlarning kitoblari bilan tanishdilar.
