O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha  50-sonli yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2024- yil 12- yanvardagi  5-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 6(21) bandi: “Madaniyat markazlari va kutubxonalar faoliyati samaradorligini oshirish orqali aholi, xususan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari O’. Umarbekov qalamiga mansub «Fotima va Zuxra» asari taqdimotini o’tkazdilar. Taqdimot davomida asarni jahonga mashhur detektiv romanlardan aslo qolishmasligi, kitobni o’qigan kitobxon o’zbek adibining mana shunday qiziqarli asar yoza olganligiga chin dildan tahsinlar o’qib, muallifning tasavvur olamiga qoyil qolasiz deb ta’riflar berdilar.