O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 30-yanvardagi 06/1-525-son topshirig’i hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 2- fevraldagi 11-sonli buyrug’i ijrosi yuzasidan «Kitobxon onalar» loyihalarini amalga oshirish orqali kitobxon oilalar sonini 10 mingtaga ko’paytirish maqsadida Oqoltin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi D. Musaboyeva Saxovat mahallasi M.Ulug’bek ko’chasi 8-2 xonodonida istiqomat qiluvchi Musaboyevlar oilasiga tashrif buyurib kitoblar targ’ibotini o’tkazdi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.