Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” joriy etildi . Shu munosabat bilan Oqoltin tumani Axborot-kutubxona markazi direktori Oqoltin tumani 3-sonli texnikumida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv texnikum talabalari bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.Uchrashuv davomida: yoshlarning «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishini oshirish», ularning ta’lim va kelajak kasbi bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatlash, haqida tushuntirish ishlari olib borildi.Shuningdek, tadbirda talabalar o‘zlarini erkin fikrlarini, qiziqtirgan savollarni berib, maslahatlar va tavsiyalar oldilar.
