2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini   amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad:Aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarish bo‘yicha Oqoltin tuman axborot-kutubxona markaziga 8-sonli DMTT «Kichik guruh» tarbiyalanuvchilari sayohat qildilar.  Sayohat davomida «Xalqlar do’stligi» kuni munosabati bilan suxbat uyushtirdilar. Axborot bibliografiya xizmatida tashkil etilgan  O’lkashunoslik burchagidagi ko’rgazmalar haqida ham ma’lumotlar oldilar. Sayohat so’nggida bolajonlar «Yangi kelgan adabiyotlar»dan yoshlariga munosib ertak kitoblar bilan ham tanishdilar.