O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-401-son qarorining 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarini amalga oshirish maqsadida Oqoltin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari  Oqoltin tuman Hokimi o’rinbosari, Oila va xotin qizlar bo’limi boshlig’i Sh. Qarshiboyeva hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda  «A. Navoiy » MFY da joylashgan 3-umumta’lim maktabi faol kitobxon o’quvchilari   ishtirokida har oyning 17-sanasini «Kitobxon onalar kuni deb» belgilash mavzusida davra suhbati o’tkazdilar. Suhbat davomida kitobxon o’quvchilar o’zlari o’qigan kitoblari hamda kitoblarni tarbiyaviy ahamiyati haqida davra suhbati qatnashchilari bilan fikrlar almashdilar.