“Kitoblar — inson qalbining ko‘zgusi” O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov (1926–2009) — o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri. Uning ijodida inson taqdiri, adolat, vijdon, diyonat, ilm-ma’rifat va ma’naviy poklik kabi mavzular muhim o‘rin egallaydi. Mashhur asarlari: “Ulug‘bek xazinasi” “Ko‘hna dunyo”“Diyonat” “Oqqushlar, oppoq qushlar”“Adolat manzili” “Tilla uzuk” “Muqaddas” “Qanot juft bo‘ladi”
“Ulug‘bek xazinasi” romanida Mirzo Ulug‘bek hayoti, ilm-fan va jaholat o‘rtasidagi kurash tasvirlangan. “Ko‘hna dunyo”da esa Ibn Sino va Beruniy hayoti va taqdiri yoritiladi. Kitob — tafakkur va ma’naviyat manbai!