Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”  joriy etildi . Shu munosabat bilan Oqoltin tuman »Yangi davr » MFYda joylashgan 6-son Madaniyat markazida  Oqoltin tuman Axborot -kutubxona markazi xizmat rahbari  S.Ruzikulova  yoshlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv davomida: yoshlarning «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishini oshirish», ularning ta’lim va kelajak kasbi bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatlash, haqida tushuntirish ishlari olib borilb,  kutubxonaga a’zo bo‘lishlari doimiy kitoblar mutolaa qilishlari takidlandi.
Bunday uchrashuvlar o’sib kelayotgan yosh avlod qalbida ahloqiy sifatlarni   shakllantirishga oid adabiyotlar  haqida ularga bo‘lgan qiziqishini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.